So‘nggi:
Toshkentda kuchli zilzila sezildiJamiyatAbduqodir Husanov JCH-2026 ning eng boy futbolchilari reytingiga kiritildiSportO‘zbekistonda bolalar avtokreslolari majburiy qilinadi va jarimalar joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda noqonuniy kosmetika preparatlarini qo‘llaganlarda botulizm kasalligi aniqlandiJamiyatToshkentda notanish tunda uylarning eshik tutqichlarini tortib, kirishga urinib yurgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkinJamiyatKola, chips va tamaki sotuvidan tushgan mablag‘ saratonni davolashga yo‘naltiriladiSiyosatShavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladiJamiyatBoysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladiJamiyatToshkentning Yunusobod tumanida besh yoshli qizcha hojatxona chuqurligiga tushib ketdiJamiyat

O‘zbekiston koreys tilini o‘qitish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston koreys tilini o‘qitish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston koreys tili maktablari soni bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi. Bir yil ichida mamlakatda 68 ta yangi ixtisoslashgan maktab ochildi.

O‘zbekiston koreys tili o‘qitiladigan yangi ta’lim muassasalarini tashkil etish sur’atlari bo‘yicha dunyo reytingida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, bir yil davomida mamlakatda koreys tili o‘rgatiladigan 68 ta yangi maktab o‘z faoliyatini boshladi. Bu borada respublika Vyetnam, AQSH va Braziliya kabi davlatlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Mutaxassislar ushbu o‘sishni Janubiy Koreya madaniyatining yoshlar orasidagi ommaviyligi bilan izohlamoqda. K-pop va koreys seriallariga bo‘lgan qiziqish ko‘plab o‘quvchilarni til o‘rganishga va kelajakda Koreya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishga undamoqda.

Shuningdek, Janubiy Koreya hukumati tomonidan maktablarni maxsus adabiyotlar bilan ta’minlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish loyihalari ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, jahon bo‘ylab koreys tili o‘qitiladigan maktablar soni 2,7 mingtaga yetdi va so‘nggi to‘rt yilda 54 foizga o‘sdi. Hozirda Janubiy Koreyadan tashqarida 236 mingdan ortiq kishi ushbu tilni o‘rganmoqda. O‘zbekistonda koreys oliy ta’lim muassasalari filiallarining ko‘payishi va akademik almashinuv dasturlari til o‘rganuvchilar soni yanada ortishiga xizmat qilmoqda.