So‘nggi:
Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi | O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi | Toshkentdagi Wendy’s atrofida SESning bir-biriga zid bayonotlari sababli mojaro kelib chiqdi | Dunyo bo‘ylab tarqalayotgan xavfli Hantavirus tufayli JSST favqulodda qidiruv e’lon qildi | O‘zbekiston piyoz narxi eng arzon davlatlar jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi | O‘zbekistonda qariyb 50 nafar haydovchi 12 jarima ballini to‘pladi | Prezident harbiy gospitalda urush faxriylari bilan uchrashdi | Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda | Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, urush faxriylari bilan uchrashadi | Zelenskiy xorijiy davlat vakillarini 9-may kuni Moskvaga bormaslikka chaqirdi |

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, urush faxriylari bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, urush faxriylari bilan uchrashadi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyuradi. Davlat rahbari yodgorlik poyiga gul qo‘yadi va urush faxriylari bilan uchrashadi.

Davlat rahbari Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurishi, «Matonat madhiyasi» yodgorligiga hamda Milliy qahramonlar xiyoboniga gulchambarlar qo‘yishi kutilmoqda. Ushbu tadbir xalqimizning jasoratli farzandlari xotirasiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtirom ramzi hisoblanadi.

Tashrif doirasida davlat rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan samimiy suhbatlashib, ularni bayram bilan tabriklaydi hamda ko‘rsatgan qahramonliklari uchun minnatdorchilik bildiradi. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va o‘tganlar xotirasini e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etadi.