В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda elektromobil quvvatlantirganlik uchun pulning bir qismi qaytarib beriladi

O‘zbekistonda elektromobil quvvatlantirganlik uchun pulning bir qismi qaytarib beriladi

O‘zbekistonda elektromobil egalariga quvvatlantirish xarajatlari uchun kompensatsiya to‘lanadi. Pul «Soliq» ilovasi orqali karta hisobiga qaytariladi.

Energetika vazirligi elektromobil egalari uchun yangi imtiyoz joriy etishni rejalashtirmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, quvvatlantirish stansiyalarida sarflangan elektr energiyasi narxi 300 so‘mdan oshsa, qolgan qismi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Ushbu tartib 2030-yilning oxirigacha amal qilishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali hukumat aholini ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga rag‘batlantirmoqchi.

Subsidiyalar har oy yakunida «Soliq» mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank kartalariga o‘tkaziladi. Muhim jihati shundaki, bu mablag‘lar jismoniy shaxslarning daromadi sifatida soliqqa tortilmaydi. Loyiha doirasida joriy yilning o‘zida 164 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi prognoz qilinmoqda. Mutaxassislar ushbu tizimning joriy etilishi mamlakatda an’anaviy yoqilg‘iga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirish va atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.