Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retseptlar tizimini joriy etish tartibini bekor qilmoqchi

Sog‘liqni saqlash vazirligi elektron retseptlar tizimini joriy etish tartibini bekor qilmoqchi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 2025-yil 15-dekabrdagi elektron retseptlar tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha loyihani jamoatchilik muhokamasiga chiqardi.

Ushbu tashabbus farmatsevtika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan keng ko‘lamli islohotlarning kelajagini shubha ostiga qo‘ymoqda. Mazkur tizim dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish, aholi o‘rtasida o‘zboshimchalik bilan davolanish holatlarini kamaytirish hamda qog‘ozbozlikka chek qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan edi.

Rejaga ko‘ra, elektron shakldagi retseptlar dori vositalari harakatini shifokordan dorixonagacha bo‘lgan zanjirda shaffof nazorat qilish imkonini berishi, qog‘oz hujjatlarni qalbakilashtirish ehtimolini butunlay yo‘q qilishi lozim edi.

Elektron retseptlar tizimi Prezident qarorlari asosida barcha tibbiyot muassasalari uchun majburiy etib belgilanishi va bemorlarga dori vositalarini SMS-kod yoki QR-kod yordamida sotib olish imkonini berishi kutilayotgan edi.

Biroq tizimni amaliyotga tatbiq etish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va tibbiyot xodimlari tomonidan qator e’tirozlar bildirildi. Farmatsevtika korxonalari o‘z kassa tizimlarini vazirlik bazasiga integratsiya qilish xarajatlari yuqoriligidan shikoyat qilgan bo‘lsa, hududlardagi shifokorlar zarur texnik jihozlar yetishmasligi hamda internet aloqasining past sifati tufayli qiyinchiliklarga duch keldilar.

Hozircha vazirlik ushbu loyihani butunlay to‘xtatadimi yoki xatolarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan yangi platformani taqdim etadimi, degan savol ochiqligicha qolmoqda.