Toshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladiJamiyatSaida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatToshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyatMirziyoyev Putinni «Yedinaya Rossiya»ning Davlat Dumasiga saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladiSiyosatQashqadaryoda 14 yoshli o‘g‘lini 45 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 3 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekiston banklarining sof foydasi bir yilda 68 foizga oshib 12 trillion so‘mdan oshdiIqtisodiyotO‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha quruq va iliq ob-havo hukm suradiJamiyat

BMT Xavfsizlik Kengashi Eronni mintaqaviy hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik Kengashi Eronni mintaqaviy hujumlarni to‘xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik Kengashi Eronning Fors ko‘rfazi davlatlariga yo‘llagan hujumlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 11-mart kungi yig‘ilishda 15 a’zodan 13 nafarining ovozi bilan Eronning Fors ko‘rfazi mintaqasidagi qo‘shni davlatlarga qarshi harbiy amaliyotlarini shartsiz to‘xtatishni talab qiluvchi hujjatni tasdiqladi.

Ushbu loyiha Iordaniya ko‘magida Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Ummon, Qatar va Bahrayn) tomonidan ilgari surildi. Rezolyutsiya matnida Eronning mazkur mamlakatlar hududlariga bergan zarbalari xalqaro huquq normalarining ochiq-oydin buzilishi deb baholangan va global barqarorlikka «jiddiy xavf» sifatida tasvirlangan.

Hujjatda, shuningdek, Tehronning jahon neft bozori uchun muhim bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi kemalar qatnovini izdan chiqarishga qaratilgan urinishlari keskin qoralangan. BMT ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi bevosita harbiy qarama-qarshilik boshlanganidan beri mazkur suv yo‘li xalqaro savdo uchun amalda yopiq holatda qolmoqda.

Ovoz berish jarayonida Rossiya va Xitoy betaraf pozitsiyani egalladi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya mazkur rezolyutsiyani «biryoqlama va xolis bo‘lmagan» hujjat deb atab, unda Eron hududiga berilgan aviazarbalarning qoralanmaganiga urg‘u berdi. Tehron esa ushbu qarorni AQSh va Isroilning siyosiy maqsadlarini ilgari suruvchi vosita deb atab, Eronni jabrlanuvchi tomon sifatida ko‘rsatishda davom etmoqda.