Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Toshkent shahar Savdo sanoat palatasi boshqarmasiga Diyor Mirzaahmedov rahbar etib tayinlandi

Toshkent shahar Savdo sanoat palatasi boshqarmasiga Diyor Mirzaahmedov rahbar etib tayinlandi

Savdo-sanoat palatasining poytaxt bo‘limida rahbariyat o‘zgardi. Tadbirkorlarning tavsiyasiga ko‘ra, 25 yillik tajribaga ega marketing eksperti Diyor Mirzaahmedov boshqarma boshlig‘i lavozimini egalladi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining (SSP) Toshkent shahar hududiy boshqarmasida yangi tayinlov amalga oshirildi. Mazkur tuzilmaga ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkor Diyor Mirzaahmedov rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Ushbu kadrlar o‘zgarishi poytaxt tadbirkorlik muhitini yanada jonlantirishga qaratilgan qadam sifatida baholanmoqda.

Diyor Mirzaahmedov 1972-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U xalqaro va mahalliy ta’lim standartlari asosida bilim olgan: 1994-yilda Istanbul texnika universitetini, 2008-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U marketing va biznes-konsalting sohasida chorak asrlik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. Mirzaahmedov Siymo reklama agentligi asoschisi hamda O‘zbekiston Marketing uyushmasi boshqaruv raisi sifatida tanilgan. Uning sa’y-harakatlari bilan tashkil etilgan ushbu uyushma bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik professional birlashmalardan biri sanaladi.

Palata matbuot xizmatining qayd etishicha, Mirzaahmedovning nomzodi bevosita tadbirkorlarning tavsiyasiga binoan tanlangan. Taniqli ishbilarmon Zafar Hoshimov ushbu tayinlovni ijobiy baholab, yangi rahbarning tajribasi poytaxtdagi tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Diyor Mirzaahmedov boshchiligidagi boshqarma biznes va davlat o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqishi hamda poytaxt tadbirkorlarining muammolarini hal etishda zamonaviy marketing yondashuvlarini qo‘llashi kutilmoqda.