В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Angrenda boshqaruvni yo‘qotgan HOWO to‘rtta mashinani urib ketdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Angrenda boshqaruvni yo‘qotgan HOWO to‘rtta mashinani urib ketdi: ikki kishi halok bo‘ldi

«A-373» avtomobil yo‘lining Angren shahri hududida mudhish YTH yuz berdi. HOWO yuk mashinasi to‘rtta yengil avtomobilga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi.

31 yoshli haydovchi boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobili harakat davomida nazoratni yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan to‘rtta transport vositasiga borib urilgan.

Asosiy zarba yo‘l chetidagi Cobalt avtomobiliga to‘g‘ri kelgan. Ushbu mashina ichida bo‘lgan 51 yoshli haydovchi va 40 yoshli yo‘lovchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Shuningdek, to‘qnashuv natijasida zarar ko‘rgan boshqa mashinalardagi to‘rt nafar yo‘lovchi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.