So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

O‘zbekistonda aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlari 14 foizga yaxshilandi

O‘zbekistonda aholining uy-joy sotib olish imkoniyatlari 14 foizga yaxshilandi

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda uy-joy olingan daromadlarga nisbatan arzonlashgan. Toshkentda o‘rtacha ish haqi ko‘chmas mulk kvadrat metrining 72 foizini qoplashi ma’lum qilindi.

O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining uy-joy sotib olish qobiliyati 2024-yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Markaziy bank hisobotida keltirilishicha, o‘rtacha hisoblangan ish haqi miqdori 19 foizga, aholining jon boshiga jami daromadlari esa 16,6 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkichlar ko‘chmas mulk bozorida aholining xarid quvvati yaxshilanishiga xizmat qilgan asosiy omillar sifatida qayd etildi.

Toshkent shahrida uy-joyning hamyonboplik darajasi keskin o‘zgargan. Agar 2024-yilda o‘rtacha ish haqi uy-joy kvadrat metri narxining 58 foizini qoplagan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 72 foizga yetdi. Poytaxtda uy-joyning bir kvadrat metri o‘rtacha 14,9 mln so‘m, o‘rtacha ish haqi esa 10,7 mln so‘m deb baholangan. Shunday qilib, uy-joy narxining ish haqiga nisbati 1,77 dan 1,38 gacha pasaygan, bu esa poytaxtliklar uchun ko‘chmas mulk sotib olish 14 foizga osonlashganini anglatadi.

Regulyatorning ta’kidlashicha, respublikaning barcha hududlarida bir kvadrat metr uy-joy qiymatining aholi daromadlariga nisbati pasayishi kuzatilgan. Yaqin istiqbolda aholi daromadlarining o‘sish sur’ati uy-joy narxlarining ko‘tarilishidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa kelgusida ko‘chmas mulkka bo‘lgan barqaror yuqori talabni saqlab qolishga va aholining yashash sharoitlarini yaxshilashiga turtki bo‘ladi