So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

Qoraqalpog‘istonda Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istonda Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi tashkil etiladi

2035-yilgacha soliq imtiyozlari: O‘zbekiston hukumati Qoraqalpog‘istonni yirik kripto-klasterga aylantirmoqda. Besqala Mining Valley rezidentlari muqobil energiya manbalaridan foydalanishi mumkin.

O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi to‘liqligicha Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi deb e’lon qilindi. Ushbu loyiha doirasida yuridik shaxslarga belgilangan tartibda kripto-aktivlarni qazib olish faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyati beriladi. Tadbirkorlar energiya ta’minoti uchun nafaqat umumiy tizimdan, balki vodorod stansiyalari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ham foydalanishlari mumkin.

Loyiha boshqaruvi uchun «Besqala Mining Valley» direksiyasi tashkil etilib, ruxsatnomalar berish vakolati Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (ILMA) yuklatildi. Mayning natijasida olingan raqamli aktivlarni milliy va xorijiy birjalarda, jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi. Eng muhim jihati, rezidentlar uchun 2035-yilning 1-yanvariga qadar daromad solig‘i va boshqa majburiy to‘lovlardan to‘liq ozod qilinish ko‘zda tutilgan. Hududda faoliyat boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar Direksiyaga rezidentlik maqomini olish uchun ariza topshirishlari lozim.