So‘nggi:
O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyat

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi raqibi FIFA qarori bilan o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi raqibi FIFA qarori bilan o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi raqibi FIFA qarori bilan o‘zgarishi mumkin. Nigeriya futbol federatsiyasi DR Kongoga qarshi norozilik shikoyati kiritdi. Ushbu mojaro natijasiga ko‘ra, Fabio Kannavaro shogirdlarining guruhdagi to‘rtinchi raqibi nomi yangilanishi ehtimoli bor.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati starti arafasida O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan guruh tarkibida o‘zgarish yuz berishi ehtimoli yuzaga keldi. Nigeriya futbol federatsiyasi FIFAga rasmiy norozilik bildirib, DR Kongo terma jamoasi safida qoidalarga zid ravishda o‘yinchilar maydonga tushirilganini da’vo qilmoqda. Shikoyatda ta’kidlanishicha, Yevropa pasportiga ega bo‘lgan ayrim kongolik futbolchilar mamlakat qonunchiligiga ko‘ra fuqarolikdan mahrum bo‘lishi kerak edi, bu esa ularning terma jamoada o‘ynashini noqonuniy qiladi.

Hozirda ushbu ish FIFA intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganilmoqda. Natijadan kelib chiqib, «K» guruhidagi to‘rtinchi jamoa (Yamayka, Yangi Kaledoniya, DR Kongo yoki Nigeriya g‘olibi) nomi o‘zgarishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhdan joy olgan Fabio Kannavaro shogirdlari o‘zining ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Mexikoda o‘tkazadi. Biroq FIFA yakuniy xulosani e’lon qilmaguncha, guruh tarkibi to‘liq tasdiqlangan hisoblanmaydi.