So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

O‘zbekistonda yaratilgan o‘yin bir haftaga qolmay 1 million nusxada sotildi

O‘zbekistonda yaratilgan o‘yin bir haftaga qolmay 1 million nusxada sotildi

Olti kun ichida  o‘zbekistonda yaratilgan o‘yin bir haftaga qolmay 1 million nusxada sotildi. Kraken Express studiyasining Windrose loyihasi Steam platformasida haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonning Kraken Express studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Windrose kompyuter o‘yini jahon geymdev sanoatida katta muvaffaqiyatga erishdi. 14-aprel kuni Steam tarmog‘ida e’lon qilingan loyiha olti kun o‘tmasdan 1 million nusxa miqdorida sotilib, o‘zbek dasturchilari uchun misli ko‘rilmagan natijani qayd etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida o‘yin ichida bo‘lgan foydalanuvchilar soni 200 ming kishilik ko‘rsatkichdan oshib ketgan.

O‘yin mutaxassislari loyihaning dengiz sarguzashtlari muhiti va suvning yuqori darajadagi fizikasini alohida e’tirof etishmoqda. Ishlab chiquvchilar allaqachon foydalanuvchilarning takliflari asosida serverlar ishini yaxshilovchi va xatoliklarni bartaraf etuvchi ilk yangilanishni taqdim etishdi. Kraken Express jamoasi geymerlarning tanqidiy fikrlarini ham inobatga olgan holda, personajlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirishga va’da bermoqda.