O‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosat

Yo‘l kameralari haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslarni avtomatik aniqlashni boshladi

Yo‘l kameralari haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslarni avtomatik aniqlashni boshladi

Yo‘l kameralari haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslarni avtomatik aniqlashni boshladi.  Qoidabuzarlarga nisbatan 50 BHM miqdorida jarima yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Bugundan e’tiboran yo‘l kameralari haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslarni avtomatik aniqlashni boshladi. Intellektual tizim yuzni tanish texnologiyasi yordamida avtomobil rulidagi shaxsning biometrik ma’lumotlarini haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslarning yagona bazasidagi fotosuratlar bilan solishtiradi.

Tizim real vaqt rejimida haydovchining tasvirini tahlil qiladi. Agar tizim bazadan mos suratni topa olmasa, ushbu transport vositasi haqidagi ma’lumotlar tekshiruv uchun inspektorlarga yuboriladi. Mazkur texnologiyaning joriy etilishi haydovchilik huquqidan mahrum qilingan yoki umuman guvohnomaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan transport boshqarilishining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘llardagi xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday qoidabuzarliklar uchun qat’iy choralar belgilangan. Hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish birinchi marta aniqlanganda, haydovchiga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravari miqdorida jarima solinadi. Agar ushbu holat bir yil davomida takroran sodir etilsa, huquqbuzar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.