O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Yakkasaroyda o‘g‘illari mahallada «poyga» uyushtirgan ota 5 sutkaga qamaldi

Yakkasaroyda o‘g‘illari mahallada "poyga" uyushtirgan ota 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda o‘z o‘g‘illarining mashinada xavfli «poyga» uyushtirishiga yo‘l qo‘ygan tadbirkor ota 5 sutkaga qamaldi.

Xavotirga tushgan qo‘shnilar o‘smirlarga tanbeh berishga urinishganda, ularning otasi voqea joyiga yetib kelib, vaziyatni yumshatish o‘rniga atrofdagilar bilan janjallashgan va tajovuzkorlik ko‘rsatgan. Mazkur holat huquq-tartibot organlarining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.

IIV JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmatining xabar berishicha, qoidabuzar o‘smirlar boshqargan avtomobil zudlik bilan jarima maydonchasiga joylashtirildi. Sud ishni ko‘rib chiqib, otani ota-onalik burchini bajarmaslik va farzandlarining xavfli harakatlariga ko‘z yumganlikda aybdor deb topdi. Natijada erkak 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro farmatsevtika sohasidagi muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lib, yaqindagina Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika rivojiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan.

Poytaxt yo‘llaridagi achchiq haqiqat

Ota-ona mas’uliyatsizligining ayanchli oqibatlari haqida yaqinda yuz bergan fojiali voqea eslatib turibdi. 25-fevral kuni poytaxtdagi xususiy maktab o‘quvchisi haydovchilik guvohnomasisiz «BMW M4» avtomobilini boshqarib, YPX inspektorini urib yuborgan edi. Afsuski, ikki kundan so‘ng xodim shifoxonada vafot etdi.