So‘nggi:
Wildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyoRossiyada sudlangan migrantlarga fuqarolik va yashash ruxsatnomasi berilmaydiSiyosatO‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 8 mlrd dollar kerakJamiyatShavkat Mirziyoyev banklar faoliyatini uch oy ichida yaxshilashni talab qildiSiyosatO‘zbekistonliklar daromadining yarmidan ko‘prog‘ini kredit to‘lovlariga sarflamoqdaJamiyatToshkent viloyatida avtobus yo‘l haqi oshirildiJamiyatSobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyat

Toshkentga kuchli chang bo‘roni va dovul yopirilishi haqida shoshilinch ogohlantirish berildi

Toshkentga kuchli chang bo‘roni va dovul yopirilishi haqida shoshilinch ogohlantirish berildi

Toshkentda kuchli chang bo‘roni va dovul yopirilishi kutilmoqda. Sinoptiklar shamol tezligi 15 metr sekundgacha kuchayishi va havo sifati yomonlashishidan ogohlantirdi.

Butunjahon meteorologiya tashkilotining Pekin va Saudiya Arabistonidagi qum chang bo‘ronlari bo‘yicha mintaqaviy markazlari hamda O‘zgidromet xizmati ma’lumotlariga tayanib maxsus komissiya shoshilinch bayonot berdi. Unga ko‘ra g‘arbdan nam havo massalari kirib kelishi arafasida poytaxt hududida chang g‘ubori va lokal darajadagi chang bo‘ronlari kuzatilishi ehtimoli bor. Sinoptiklarning prognozlariga muvofiq kun davomida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. G‘arbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 3–8 metrni tashkil etadi, biroq uning shiddati ba’zi joylarda 10–12 metrgacha, alohida tumanlarda esa 15 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shamolning bunday kuchayishi fonida atmosfera havosida PM10 dispers zarrachalari konsentratsiyasining vaqtincha ortishi xavfi mavjud. Shunday bo‘lsa-da, nam havo oqimi yetib kelib, yomg‘ir yog‘gandan keyin havo sifati bosqichma-bosqich yaxshilanishi aytilmoqda. Mutaxassislar aholiga, ayniqsa nafas yo‘llari xastaliklari, allergiyasi hamda yurak qon-tomir kasalliklari bor shaxslarga ko‘chada uzoq vaqt yurmaslikni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, xonadonlardagi eshik va derazalarni mahkam yopiq holda ushlash hamda zarurat tug‘ilganda tibbiy niqoblardan foydalanish maslahat berilgan. Hozirda mas’ul xodimlar tomonidan atmosfera havosining holati yuzasidan uzluksiz monitoring ishlari olib borilmoqda.