So‘nggi:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyo

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda kuchli yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda kuchli yong‘in yuz berdi

Toshkentning Qodishev mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi. To‘rtinchi qavatda odamlar qolib ketgani xabar qilinmoqda. Qutqaruvchilar ishlamoqda.

Poytaxtning Qodishev mavzesidagi Qorasuv 4A ko‘chasida joylashgan turar joy binosida mudhish yong‘in kelib chiqdi. Guvohlarning tarmoqlarda tarqatgan xabarlariga ko‘ra, ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birida odamlar qolib ketgan va kuchli tutun hamda alanga sababli tashqariga chiqish imkonidan mahrum bo‘lgan. Vaziyat og‘irligi bois, ichkarida qisilib qolgan fuqarolar to‘rtinchi qavatdan pastga sakrashga majbur bo‘lishayotgani aytilmoqda.

Hodisa joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘t o‘chiruvchilari va qutqaruv guruhlari hamda tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgan. Hozirda olovni batamom o‘chirish, bino ichidagi aholini evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Talofat ko‘lami va jarohatlanganlar haqidagi rasmiy ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.