So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

Toshkentdagi bir nechta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentdagi bir nechta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

22-may kuni Toshkentda milliy terma jamoani JChga kuzatish munosabati bilan soat 16:00 dan 21:00 gacha qator markaziy ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish marosimi munosabati bilan poytaxtning qator ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Toshkent shahar hokimligi va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirni yuqori saviyada tashkil etish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida cheklovlar 22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qiladi. Marosim davomida avtomobillar harakati vaqti-vaqti bilan butunlay to‘xtatilishi ham mumkin.

Harakat cheklanadigan yo‘nalishlar qatoriga Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan masofa, shuningdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chilonzor ko‘chasi bilan kesishmasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi kiradi. Bundan tashqari, Kichik halqa yo‘li va Bunyodkor ko‘chasi chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan yordamchi yo‘l yopiladi. Cheklovlar Nurafshon hamda Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Islom Karimov va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi orqali Ikkinchi Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishni ham qamrab oladi. Haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish uchun oldindan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.