So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

Toshkentda universitet hududida kursdoshiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan talaba jazolandi

Toshkentda universitet hududida kursdoshiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan talaba jazolandi

Toshkentda oliygoh hududida qizga nomaqbul so‘zlar aytgan talaba Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan jarimaga tortildi.

Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan birida tahsil oluvchi talaba yigit kursdosh qizning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi harakatlari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 13-may kuni universitet hududida yigit o‘z kursdoshiga nisbatan nomaqbul va shahvoniy xarakterdagi so‘zlar bilan shilqimlik qilgan. Jabrlanuvchi qiz ushbu holatdan so‘ng zudlik bilan ichki ishlar organlarining «102» qisqa raqamiga aloqaga chiqib, huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab ariza yo‘llagan.

Sud jarayonida ayblanuvchi talaba o‘z aybini to‘liq tan olib, sodir etgan qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirdi va bunday holat qayta takrorlanmasligini ta’kidlab, suddan yengillik berishni so‘radi. Sud organlari qonunchilik talablaridan kelib chiqib, yigitni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topdi. Unga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya’ni 1 million 236 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima jazosi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka binoan, shaxsning xohishiga qarshi ravishda uning tashqi qiyofasini tavsiflash, imo-ishora qilish, teginish yoki chaqirish kabi shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etganlik uchun BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima yoki 5 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Agar ushbu qilmish bir yil ichida takroran sodir etilsa, jazo choralari BHMning 7 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqacha og‘irlashadi.