Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Toshkentda jinoyatchilar o‘g‘rilik qilish maqsadida tunda uylarga kirishni boshladi

Toshkentda jinoyatchilar o‘g‘rilik qilish maqsadida tunda uylarga kirishni boshladi. Poytaxtning Yashnobod tumanida tunda uxlab yotgan fuqaroning xonadoni va BYD avtomobilini tunab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Poytaxt huquq-tartibot idoralari jinoyatchilar uylarga tunda, ya’ni uy egalari uxlab yotgan vaqtda o‘g‘rilik qilish maqsadida kirishi holatlarini qayd etmoqda. Shunday voqealardan biri Yashnobod tumanining “G‘uzal” mahallasida yuz berdi.

Jabrlanuvchi, 2003-yilda tug‘ilgan Maxmudjon T. ishdan charchab qaytgani sababli vaqtliroq uxlashga yotgan. 14-mayga o‘tar kechasi, soat taxminan 01:30 larda uning xonadoniga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Jinoyatchi uydan 5 000 000 so‘m va 200 AQSh dollari hamda BYD Song Plus Champion avtomobilining kalitlarini o‘g‘irlagan. Shundan so‘ng u mashina salonini ochib, u yerdan yana 7 200 000 so‘m pulni olgan va voqea joyidan yashiringan.

Mulk egasi o‘g‘rilikni payqagach, darhol Yashnobod tumani IIO FMBga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat tezkorlik bilan ochilib, gumonlanuvchi, 2002-yilda tug‘ilgan Jasur E. qo‘lga olindi.

Hozirda Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Toshkent shahar IIBB fuqarolardan bunday tungi jinoyatlarning oldini olish uchun xonadonlariga qo‘riqlash signalizatsiyasi tizimlarini o‘rnatishni so‘raydi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish