Beeline egasi Perfectum’ni 207 mln dollarga sotib olmoqdaJamiyatToshkentda 290 kishida qizamiq kasalligiga shubha gumon qilindiJamiyatO‘zbekistonda Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlar nima uchun yomon ishlamoqda?JamiyatQirg‘iziston va Qozog‘istonda 2027-yilgi Ramazon oyi boshlanish sanasi ma’lum qilindiDunyoToshkentda taksi yo‘lovchisi ichiga gashish joylangan qo‘g‘irchoq bilan ushlandiJamiyatO‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmati ishga tushirildiJamiyatMaktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadiJamiyatToshkentda havoning ifloslanish darajasi JSST me’yoridan 11 baravardan oshib ketdiJamiyatToshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyat

Toshkentda birinchi xotinining tahdidlari sababli ikkinchi ayolini o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda birinchi xotinining tahdidlari sababli ikkinchi ayolini o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda ayolini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak qo‘lga olindi. U 10 ming dollar va’da qilib jinoyatni birinchi xotinining tahdidlari sabab sodir etganini aytgan.

Poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari mudhish jinoyatning oldini olishdi. 1985-yilda tug‘ilgan erkak o‘zining shar’iy nikohidagi ayolini yo‘q qilish uchun qotil yollagan. U «ish» evaziga 10 ming dollar va’da qilib 2 ming dollarini bo‘nak sifatida bergan. Qolgan mablag‘ni esa ayoli bo‘g‘ib o‘ldirilganidan so‘ng topshirishni rejalashtirgan.

Ichki ishlar xodimlari vaziyatdan xabar topib ijrochi va jabrlanuvchi bilan birga jinoyatni sahnalashtirishdi. Gumonlanuvchi qolgan 8 ming dollar va Tracker avtomashinasini topshirayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tergov davomida aniqlanishicha erkakning birinchi xotini uning ikkinchi oilasi borligidan xabar topgan va bolalari bilan o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlashini aytib tahdid qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilib ayblanuvchilar qamoqqa olingan.