Qo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyo

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda 42-sonli avtobusda qizlar va bolalar ko‘z oldida uyatsiz harakatlar qilgan erkak videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarni ushladi, sud unga 15 sutka qamoq berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt avtobuslaridan birida erkak kishi qizlarga qarab, ko‘z-ko‘rona jinsiy a’zosi bilan uyatsiz harakatlar sodir etgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan qizning dugonasi ushbu holat salondagi qizlar va yosh bolalar o‘rtasida qattiq qo‘rquv va shok holatini keltirib chiqarganini ma’lum qilgan.

Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, voqea joriy yilning 3-iyun kuni ertalab soat 09:45 larda 42-sonli yo‘nalishdagi avtobusda sodir bo‘lganini tasdiqladi. Jamoat joyida bo‘la turib uyatsiz harakatlar qilgan va tartibni buzgan yo‘lovchi 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro ekani aniqlangan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu erkak ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, qo‘lga olindi. Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

To‘plangan barcha hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudga taqdim etildi. Sud materiallarni ko‘rib chiqib, qonunbuzarga nisbatan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayinlash haqida qaror chiqardi.