O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyat

Toshkentda 4 kishilik oila ijarasiz yashashi uchun oyiga 23.5 million so‘m kerakligi aytildi

Toshkentda 4 kishilik oila ijarasiz yashashi uchun oyiga 23.5 million so‘m kerakligi aytildi

Numbeo tahliliga ko‘ra Toshkentda 4 kishilik oilaga ijara pulisiz oyiga 23.5 million so‘m, bir kishiga esa 6.5 million so‘m kerak bo‘ladi.

Dunyo shaharlaridagi yashash qiymati va narx navolarni tahlil qilib boruvchi nufuzli Numbeo xalqaro ma’lumotlar bazasi hisobotiga ko‘ra Toshkent shahrida to‘rt kishidan iborat o‘rtacha oilaning bir oylik yashash xarajatlari ijarani hisobga olmaganda taxminan 23.5 million so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Agar poytaxtda bir kishining yolg‘iz yashashi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ hisoblab chiqilsa, bu ko‘rsatkich deyarli 6.5 million so‘mga yetadi. Mazkur xalqaro tashkilotning hisob kitoblari dunyoning turli nuqtalaridan to‘plangan real narxlar asosida shakllantirilgan bo‘lib, ushbu summalarga kunlik oziq ovqat mahsulotlari, jamoat va shaxsiy transport, aloqa, kommunal xizmatlar, madaniy hordiq hamda boshqa eng asosiy hayotiy ehtiyojlar kiritilgan.

Taqdim etilgan statistik ma’lumotlarda poytaxtdagi umumiy ovqatlanish joylaridagi narxlar ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan Toshkentdagi unchalik qimmat bo‘lmagan restoranda bir kishi tushlik qilishi o‘rtacha 70 ming so‘mga tushishi qayd etilgan bo‘lsa, o‘rta darajadagi maskanda ikki kishilik kechki ovqatlanish xarajati taxminan 400 ming so‘mni tashkil etishi ma’lum qilingan. Shuningdek bazada zamonaviy aloqa xizmatlari xarajatlari ham keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra bir oylik mobil aloqa tarifi o‘rtacha 49 ming so‘m, uydagi simli internet xizmati esa oyiga qariyb 150 ming so‘m atrofida baholanmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘zbekistonda rasmiy ravishda minimal iste’mol xarajatlari qiymati qayta ko‘rib chiqilgan edi va unda mamlakatda jon boshiga yashash minumumi miqdori bir oy uchun 715 ming so‘m etib belgilangan edi.