So‘nggi:
Sobiq imom va «Rayxon» brendi asoschisi Odilxon Ismoilov 8 yilga qamaldiJamiyatRossiyada ayollarga harbiy komissariatdan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqdaDunyoXorijiy turoperatorlarga O‘zbekiston fuqarolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tur sotish taqiqlanishi mumkinIqtisodiyotFarg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan er-xotin 5 yilga qamaldiJamiyatToshkentning qator hududlarida tunda issiq suv harorati pasaytiriladiJamiyatJCH-2026 o‘yinlariga 6,8 million tomoshabin tashrif buyurdi va yangi rekord o‘rnatildiSportJazirama issiq havo 21-iyuldan boshlab O‘zbekistonni tark etadiJamiyatToshkent viloyati va Vodiyning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda anomal issiq sababli turizm sohasi uchun «siesta» joriy etilishi mumkinIqtisodiyotIspaniya Argentinani mag‘lub etib, JCH-2026 chempioniga aylandiSport

Toshkentda 100 dan ortiq elektr quvvatlash stansiyasi faoliyati to‘xtatildi

100 dan ortiq elektr quvvatlash stansiyalari

Toshkentda ruxsatnomasi yo‘q va shartnomasiz ulangan 100 dan ortiq elektr quvvatlash stansiyasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bunga asosiy sabab — ushbu stansiyalarning tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz faoliyat yuritayotgani bo‘ldi.

Bundan tashqari, nazorat tadbirlari davomida yana 62 ta quvvatlash stansiyasi elektr energiyasi ta’minoti korxonalari bilan shartnomasiz, ya’ni noqonuniy tarzda tarmoqqa ulanganligi aniqlandi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, quvvati 20 kVt va undan yuqori bo‘lgan tezkor quvvatlash stansiyalari shahar elektr tarmoqlariga jiddiy yuklama beradi. Agar stansiyalar texnik shartlar hisobga olinmasdan, o‘zboshimchalik bilan ulansa, bu elektr tarmoqlarida ortiqcha yuklamalarni keltirib chiqaradi va turar-joy massivlarida elektr ta’minotining uzilishlariga sabab bo‘ladi.

Hozirgi kunda Toshkent shahrida qariyb 1,3 mingta elektr quvvatlash stansiyasi o‘rnatilgan. Hozirga qadar ulardan 300 dan ortig‘i bo‘yicha profilaktik tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tekshiruvlar davom etmoqda. Qonunbuzarlik aniqlangan stansiya egalariga kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr tarmoqlariga qonuniy tarzda ulanish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish majburiyati yuklatildi. Bu chora-tadbirlar shahar infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash va iste’molchilar xavfsizligini kafolatlashga qaratilgan.