So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

Toshkent viloyatida qizga tegajog‘lik qilgan Mudofaa vazirligi xodimi 5 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatida qizga tegajog‘lik qilgan Mudofaa vazirligi xodimi 5 sutkaga qamaldi

Ohangaron shahar sudida 39 yoshli M. T.ga nisbatan sud qarori chiqdi. Erkak avtomobilda notanish qizga nisbatan tegajog‘lik qilganlikda aybdor deb topildi.

Ish materiallariga ko‘ra, voqea Ohangaron shahriga ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Erkak notanish qizni manziliga eltib qo‘yish uchun o‘z avtomobiliga o‘tkazgan, biroq yo‘lda unga nisbatan nojo‘ya harakatlar qila boshlagan. Qiz qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, haydovchi uning qo‘lidan ushlab, o‘ziga tortgan, quchoqlagan va oyoqlaridan ushlashga harakat qilgan.

Sud majlisida huquqbuzar o‘z harakatlarini tan olib, pushaymonligini bildirdi. U oilada yagona boqimanda ekanligini, ikki nafar voyaga yetmagan farzandi borligini aytib, suddan yengillik berishni so‘radi.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro M. T. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.