So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

Toshkent markazida BYD svetoforning qizil chirog‘iga chiqib avtobus bilan to‘qnashdi

Toshkent markazida BYD svetoforning qizil chirog‘iga chiqib avtobus bilan to‘qnashdi

Toshkentning Mirobod tumanida Nukus va Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasida Yutong avtobusi va BYD yengil avtomobili ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 2-iyun kuni taxminan soat 15:28 larda Nukus va Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. BYD avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga chorrahaga chiqib ketgan va 16-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Yutong avtobusi bilan to‘qnashgan. Zarba oqibatida yengil avtomobilga jiddiy zarar yetgan.

To‘qnashuv natijasida har ikkala transport vositasi haydovchilari tan jarohati olgan. Avtobus haydovchisi hamda og‘ir ahvolda bo‘lgan BYD haydovchisi tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan.

Hozirda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan hodisa joyi rasmiylashtirilib, halokatning to‘liq tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.