So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

Toshkent halqa yo‘lida qimmatbaho Zeekr 001 elektromobili yonib ketdi

Toshkent halqa yo‘lida qimmatbaho Zeekr 001 elektromobili yonib ketdi

Toshkent halqa avtomobil yo‘lida (THAY) Zeekr 001 elektromobilida yong‘in chiqdi. O‘t o‘chiruvchilar 4 daqiqada yetib kelib, olovni o‘chirishdi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toshkent halqa avtomobil yo‘lida (THAY) sodir bo‘lgan. ZEEKR 001 rusumli avtomobil yonayotgani haqidagi xabar soat 09:55 da “112” tezkor xizmatiga kelib tushgan.

Vaziyatni bartaraf etish uchun voqea joyiga zudlik bilan bitta o‘t o‘chirish-qutqaruv ekipaji yo‘naltirilgan. Qutqaruvchilar soat 09:59 da belgilangan manzilga yetib borishgan. Yong‘in Toshkent viloyati, Toshkent tumanidagi 90-uy yaqinida sodir bo‘lgani aniqlangan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 10:05 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa sabablari yoki jabrlanganlar borligi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.