So‘nggi:
Terma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyoJCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyat

Surxondaryoda guvohnomasiz o‘smirlarning yo‘ldagi poygasi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Surxondaryoda guvohnomasiz o‘smirlarning yo‘ldagi poygasi ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ikki avtomobil ishtirokidagi tungi to‘qnashuv oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Mashinalardan birini 17 yoshli maktab o‘quvchisi boshqargan.

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ikki kishining umriga zomin bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Halokat 28-may kuni soat taxminan 23:50 larda D-169 avtomobil yo‘lining “Chakor” mahallasi hududidan o‘tgan 132-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 17 yoshli o‘smir Damas rusumli mashinani boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Avtomobilda uning to‘rt nafar sinfdoshi ham bor edi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir yo‘lda o‘zining 20 yoshli tanishi bilan tezlik poygasi uyushtirgan. Tanishi ham haydovchilik guvohnomasisiz Nexia mashinasini boshqarib kelayotgan edi. Yuqori tezlikdagi poyga davomida avtomobillar o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Kuchli zarba oqibatida Damas’ning voyaga yetmagan haydovchisi hamda Nexia avtomobilida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinalardagi qolgan barcha yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.