Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda xantavirus tarqalish ehtimoli haqida ma’lumot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda xantavirus tarqalish ehtimoli haqida ma’lumot berdi

Sanepidqo‘mita raisi o‘rinbosari Nurmat Atabekov xantavirus bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda kasallik aniqlanmagani va chegara nazorati kuchaytirilgani haqida xabar berdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, ushbu infeksiya koronavirus kabi tez tarqalish xususiyatiga ega emas va global pandemiya keltirib chiqarmaydi.

Dunyo bo‘ylab xantavirusning 20 dan ortiq turi ma’lum bo‘lsa-da, ularning faqat ayrimlari inson salomatligi uchun xavfli hisoblanadi. Kasallikning tarqalish geografiyasiga ko‘ra, Osiyo va Yevropa davlatlarida bu xastalik juda kam uchraydi va asosan Lotin Amerikasi mamlakatlarida qayd etiladi. Virus asosan kemiruvchilar orasida tarqaladi va insonga kam hollarda hayvonlarning chiqindilari, ifloslangan chang yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali o‘tadi. Ayniqsa kemiruvchilar mavjud bo‘lgan yopiq xonalarda uzoq vaqt qolish yuqtirish xavfini oshiradi.

Kasallik tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi va mushaklardagi og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Xastalikning og‘ir shakllarida buyrak yetishmovchiligi hamda nafas olish tizimi bilan bog‘liq xavfli asoratlar kuzatilishi mumkin. Hozirgi kunda dunyo tibbiyotida xantavirusga qarshi maxsus vaksina yoki yagona davolash protokoli mavjud emas. Tibbiy muolajalar asosan simptomatik tarzda, ya’ni bemordagi belgilarning og‘irlik darajasiga qarab olib boriladi.

O‘zbekistonda xantavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan doimiy virusologik monitoring yuritilmoqda. Kasallikning chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida 53 ta chegara punktida doimiy nazorat o‘rnatilgan. Aholiga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, meva va sabzavotlarni yuvib iste’mol qilish hamda omborxona va yopiq xonalarni muntazam shamollatish tavsiya etiladi. Endemik hududlardan qaytgan shaxslar o‘zlarida kasallik belgilarini sezsa, darhol oilaviy poliklinikaga murojaat qilishlari lozim.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish