O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi loyihasidan 643 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘g‘irlandi

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi loyihasidan 643 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘g‘irlandi

O‘zbekistonda yirik gaz-kimyo majmuasini kengaytirish loyihasida soliq firbakarligini amalga oshirgan amaldorlar va tadbirkorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Davlatga yetkazilgan zarar 643,2 milliard so‘mni (taxminan 53,9 million dollar) tashkil qilmoqda.

Tergov aniqlashicha, Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi va “O‘zbekneftgaz” AJ mansabdorlari bir nechta xususiy kompaniya rahbarlari bilan jinoiy til biriktirgan. Bu sxemada “SH. G.”, “S. E.”, “A.” va “E. E.” kompaniyalari qatnashgan.

Gumonlanuvchilar hujjatlarni soxtalashtirib, soliq miqdorini sun’iy ravishda oshirishgan. Ular Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish loyihasi doirasida bajaorilgan 5,3 trillion so‘mlik xizmatlar uchun elektron hisob-fakturalarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qo‘shib yozishgan. Vaholanki, qonunga ko‘ra, bu xizmatlar QQSdan butunlay ozod qilingan edi.

Ushbu firgarlik oqibatida budjetda go‘yoki ortiqcha soliq to‘langani haqida soxta ko‘rsatkich paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu mablag‘lar davlatdan undirib olingan: pulning bir qismi “A.” kompaniyasi hisobiga o‘tkazilgan, qolgani esa “S. E.” korxonasining davlat oldidagi qarzlarini yopishga yo‘naltirilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi ochildi.

Bu tekshiruvlar yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekneftgaz” va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida boshlangan yirik taftishlarning davomidir. Davlat rahbari ushbu tizimlarda uzoq yillik korrupsiya borligini aytib, DXXga mas’ullarni jazolashni buyurgan edi. Tizimning sobiq rahbari Bahodir Siddiqov allaqachon hibsga olingan.

Sho‘rtan GKMni kengaytirish bo‘yicha 1,84 milliard dollarlik loyiha keyinchalik tadbirkor Baxtiyor Fazylov nazoratidagi tuzilmalarga o‘tib ketgan edi. Zavod uskunalari Buxoroga, Saneg kompaniyasining MTO majmuasiga ko‘chirilgan, bosh pudratchi esa Enter Engineering bo‘lgan. “O‘zbekneftgaz”ning o‘shandagi rahbari Mehriddin Abdullayev ushbu ko‘chirishga qarshi chiqqan edi, ammo loyiha baribir o‘zgartirilgan.

2025-yilda Raqobat qo‘mitasi Sanoat Energetika Guruhi Enera shirkatini ArkChemical kompaniyasi ulushini noqonuniy sotib olgani uchun jarimaga tortdi. Hozirgi kunda hukumat Enter Engineering, Eriell wagons Saneg guruhlarining ishchilardan bo‘lgan 131 million dollarlik ish haqi qarzdorligi hamda budjet oldidagi majburiyatlari sababli ularning aktivlarini sotishni va yirik loyihalarga yangi xorijiy investorlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.