So‘nggi:
Terma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyoJCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati korxonalari faoliyatini tanqid qildi

O‘zbekiston Prezidenti videoselektor yig‘ilishida kimyo tarmog‘ining past o‘sish sur’atlari va yuqori import hajmini ko‘rsatib o‘tdi hamda xomashyoni qayta ishlashni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu munosabat bilan Prezident tarmoqdagi dolzarb masalalarni muhokama qilib olish uchun kimyo sanoati korxonalari vakillari bilan shaxsan uchrashishga qaror qilganini bildirdi. Yig‘ilishda respublika sanoati oxirgi to‘qqiz yilda o‘rtacha 6,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, kimyo sohasida bu ko‘rsatkich 3 foizga ham yetmayotgani qayd etildi.

Hozirda mamlakatga kimyo mahsulotlari importi yiliga 4,5 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Mahalliy ishlab chiqarish ichki talabning 60 foizini ham qoplamayapti, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilmayapti, sohada bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat esa boshqa davlatlardan 2-3 karra kam.

Yig‘ilishda mahsulotlar tannarxida qo‘shilgan qiymatni oshirishning aniq yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi. Bugungi kunda respublikada yiliga 1,5 million tonna ammiakli selitra ishlab chiqarilib, bunga 1 milliard 70 million kub metr tabiiy gaz sarflanmoqda. Vaholanki, jahonning ilg‘or davlatlari selitra iste’molini kamaytirib, qishloq xo‘jaligida karbamid va suvda eruvchan o‘g‘itlar, tog‘-kon sanoatida esa g‘ovaksimon selitra ishlatishga o‘tmoqda.

G‘ovaksimon selitraning tannarxi ammiakli selitra bilan bir xil bo‘lsa-da, undagi qo‘shilgan qiymat 2 karra ko‘p. Mutasaddilar va korxona rahbarlariga mana shunday loyihalarni ko‘paytirish topshirildi. Shuningdek, “Navoiyazot”da ishlab chiqariladigan 1 tonna sian tuzining narxi 3 ming 700 dollar bo‘lsa, undan yelim olinsa, mahsulot qiymati 8 ming dollargacha oshishi aytildi. Mas’ullarga ushbu korxona yonidagi klasterda 1 milliard dollarlik 10 ta kam tonnali kimyo loyihasini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Geologiyadagi mavjud zaxiralarni to‘liq ishga solish orqali ham qo‘shilgan qiymatni karrasiga oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Masalan, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiyda 550 million tonna natriy va kaliy, 20 million tonna bentonit zaxiralari mavjud bo‘lib, ularni qayta ishlab kaustik soda olinsa, qo‘shilgan qiymat 3 barobar ortadi.

Bundan tashqari, Jizzaxda 1,5 million tonna, Qoraqalpog‘istonda 500 ming tonna serpentinit zaxirasi aniqlangan. Ushbu xomashyoga sulfat kislotasi bilan ishlov berilganda tonnasi 5 mini dollargacha baholanadigan magniy oksidi olish imkoniyati bor. Serpentinit yanada chuqurroq qayta ishlansa, elektrotexnika sanoati uchun juda muhim xomashyo hisoblangan nikel, xrom va kobalt ajratib olinadi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga fosforit, galit, mirabilit, serpentinit kabi kimyo uchun zarur xomashyo zaxirasini 2 karra oshirish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi. Serpentinit xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha qiymati kamida 200 million dollarlik loyihalarni boshlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.