So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatidagi vayronkor to‘fon sababli Hindiston rahbarlariga ta’ziya bildirdi. Tabiiy ofat oqibatida 89 kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yuz bergan kuchli to‘fon va shiddatli yog‘ingarchiliklar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani hamda jarohatlangani munosabati bilan mamlakat rahbariyatiga hamdardlik yo‘lladi. Davlat rahbari o‘z ta’ziyanomasini Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vazir Narendra Modiga yo‘llagan.

Reuters agentligining mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berishicha, 13-may kuni oqshom paytida shtatning bir qancha hududlariga yopirilgan vayronkor dovul va kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 89 kishi halok bo‘lgan, yana 53 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Tabiiy ofat hududdagi infratuzilmaga ham jiddiy zarar yetkazgan.

O‘zbekiston yetakchisi halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga o‘zining chuqur hamdardligini izhor etib, ushbu og‘ir damda ularga sabr-toqat tiladi. Shuningdek, jarohat olgan barcha fuqarolarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilashini bildirdi.