So‘nggi:
Terma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyoJCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyat

Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkentda bloger Sanjik (Sanjar Karimov) 5 yilga qamaldi. Sud uni Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar qilish) sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Sud hukmi bilan Sanjar Karimovga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sud jarayonida ishga aloqador barcha holatlar o‘rganilib, to‘plangan dalillarga huquqiy baho berildi. Mazkur hukm qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.