So‘nggi:
Terma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyoJCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyat

Sanepidqo‘m Ebola virusining O‘zbekistonga kirib kelish xavfini baholadi

Sanepidqo‘m Ebola virusining O‘zbekistonga kirib kelish xavfini baholadi

O‘zbekistonda Ebola virusining tarqalish xavfi past deb baholanmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi davlat chegaralarida tibbiy kuzatuv o‘rnatilganini ma’lum qildi.

Qo‘mita xabarida qayd etilishicha, ushbu kasallikning O‘zbekistonda tarqalish xavfi past hisoblanadi. Kasallikni mamlakatga kirib kelishini oldini olish maqsadida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan davlat chegaralarida kirib kelayotgan fuqarolar tibbiy kuzatuvi olib borilmoqda. “Mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror”, deyiladi xabarda.

Shu o‘rinda fuqarolardan Ebola virusi faol tarqalgan mamlakatlar va mintaqalarga sayohat qilmaslik so‘raldi. Ebola virusi kasallangan odam yoki hayvonning biologik suyuqliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali yuqadi. Shu sababli qo‘mita quyidagi tavsiyalarga amal qilishga chaqirdi:

  • Yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilishdan saqlaning: Primatlar (maymunlar, shimpanzelar) va ko‘rshapalaklar yashaydigan joylarga bormang;

  • Ekzotik taomlardan saqlaning: Yovvoyi hayvonlarning go‘shti yoki xom ovqatlarni yemang;

  • Kasal odamlardan masofa saqlang: Nafas olish yo‘llarida shamollash alomatlari, isitma, toshma yoki qon ketish belgilari bo‘lgan odamlardan xavfsiz masofani saqlang;

  • Shoshilinch gigiyena qoidalariga riyoya qiling: Qo‘llaringizni iloji boricha tez-tez sovun bilan yuving yoki dezinfeksiyalovchi vositadan foydalaning, faqat qadoqlangan yoki qaynatilgan suv iching.

Endemik hududdan qaytganingizdan keyin 21 kun davomida (bu standart inkubatsiya davri) sog‘lig‘ingizni diqqat bilan kuzatib boring. Agar sizda isitma, holsizlik, qusish yoki diareya paydo bo‘lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling va shifokoringizga yaqin orada epidemiya xavfi bor hududga sayohat qilganingizni ma’lum qiling.

Ebola virusi — infeksiyasi jiddiy kasallik bo‘lib, ayniqsa Afrika qit’asida tez-tez uchraydi. Bu virus kasallangan hayvonlarning qon, najas, siydik, ter, so‘lagi va boshqa tana suyuqliklari orqali yuqishi mumkin. Ebola virusi infeksiyasini davolashning o‘ziga xos usuli yo‘q, infeksiyalangan odamlarni davolash esa simptomatik terapiya bilan amalga oshiriladi.

Joriy yilda Afrikada Ebola bilan kasallanish bo‘yicha 263 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan. Kongo Demokratik Respublikasi epidemiya markazi hisoblanmoqda. JSST Ebola global pandemiya chaqirish ehtimoli past deb baholamoqda. Ebolaga qarshi vaksina yaratish uchun 60 mln dollar ajratildi.