MrBeast Samarqandga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtiradiJamiyatRaqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdiJamiyatSaudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar aviareyslar kechikishidan ogohlantirildiJamiyatO‘zbekiston dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladiJamiyatO‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat

Raqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdi

Raqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdi

Raqobat qo‘mitasi Markaziy bankka kredit to‘lovlarini hisoblash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish va ortiqcha to‘langan mablag‘larni asosiy qarzga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar kiritdi.

Iste’molchilar murojaati va banklardagi qoidabuzarliklar

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Markaziy bankka kredit to‘lovlarini hisoblash tartibini fuqarolar manfaatlariga moslashtirish bo‘yicha takliflar kiritdi. Bungahududiy idoralarga kelib tushgan ko‘plab murojaatlar sabab bo‘lgan.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, fuqarolar oylik to‘lovdan tashqari ortiqcha mablag‘ kiritganida, tijorat banklari ushbu pullarni asosiy qarzni yopishga emas, tranzit hisob raqamlarida ushlab turmoqda. Natijada kreditning asosiy summasi kamaymaydi va banklar foiz hisoblashda davom etadi. Bu holat shartnoma shartlariga hamda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid hisoblanadi.

Amaldagi meyorlarga ko‘ra, belgilangan grafikka nisbatan ko‘p to‘langan mablag‘lar avtomatiq ravishda asosiy qarzni kamaytirishi, kredit summasi esa qayta hisoblab chiqilishi shart. Bank dasturlaridagi uzilishlar qarzdor majburiyatlarining oshishiga olib kelmasligi lozim.

Xalqaro tajriba va qonunchilikni takomillashtirish

Raqobat qo‘mitasi regulyatorga ikkita asosiy taklifni ilgari surdi:

  • Nizomni takomillashtirish: Tijorat banklarining iste’molchilar bilan munosabatlariga oid nizomning 37-bandini amaliyot va xalqaro tajribadan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish;

  • Qonuniy kafolat: Muddatidan oldin qarzdorlikni uzish hamda to‘lovlarni qayta hisoblash tartibini bevosita «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda muhrlab qo‘yish.

Xalqaro amaliyot sifatida AQSh banklarida mobil ilovalar orqali ortiqcha pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy qarzga yo‘naltiruvchi («Principal Only») tugmasi mavjudligi, Yevropa Ittifoqi, Rossiya va Qozog‘istonda esa muddatidan oldin to‘lov qilganda foizlar va qo‘shimcha xarajatlar majburiy tartibda kamaytirilishi qayd etildi.