So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

Qo‘qonda kelinoyisini pichoqlab o‘ldirgan ayol 10 yilga qamaldi

Qo‘qonda kelinoyisini pichoqlab o‘ldirgan ayol 10 yilga qamaldi

Qo‘qon shahrida oilaviy kelishmovchilik sabab kelinoyisini oshxona pichog‘i bilan urib o‘ldirgan 31 yoshli ayolga sud hukmi o‘qildi. U 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida qarindosh ayolni pichoqlab o‘ldirgan 31 yoshli ayolga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi uni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Sud materiallariga ko‘ra, mudhish voqea oilaviy kelishmovchiliklar ortidan yuz bergan. Xorijda ishlayotgan ona qizi va kelini haqida o‘ziga yetib kelgan ayrim ma’lumotlar sabab ular bilan telefon orqali tortishib qolgan. Shundan so‘ng u boshqa bir qarindoshidan qizi va kelinining telefonlarini olib qo‘yishni so‘ragan.

Marhuma ayol ushbu topshiriqni yetkazish va telefonlarni olish maqsadida xonadonga kelgan. Shu payt sudlanuvchi qiz onasiga yetib borgan barcha salbiy gaplarni aynan kelinoyisi yetkazgan deb gumon qilgan. Oqibatda ular o‘rtasida janjal kelib chiqib, qiz oshxonadan olingan pichoq bilan kelinoyisiga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Sudda ayblanuvchi ayol kelinoyisiga bir necha marta pichoq urganini tasdiqlagan. Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topildi.