So‘nggi:
Terma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyoJCHdagi birinchi o‘yin sabab o‘zbekistonliklarga dam olish kuni berish taklif qilindiSportO‘zbekistonda Amazon Leo kompaniyasining yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushiriladiJamiyatMirziyoyev TMIFda 6 ta ustuvor yo‘nalishni belgiladiJamiyatO‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyat

“Prezidentning iqtidorli bolalari” dasturiga qabul boshlanmoqda

“Prezidentning iqtidorli bolalari” dasturiga qabul boshlanmoqda

15-maydan “Prezidentning iqtidorli bolalari” dasturiga arizalar qabul qilinadi. 9-sinf bitiruvchilari uchun respublika bo‘yicha 1500 ta kvota ajratilgan, imtihonlar 2-iyulda bo‘lib o‘tadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026–2027-o‘quv yili uchun “Prezidentning iqtidorli bolalari” milliy dasturi bo‘yicha qabul kvotalari va imtihon sanasini rasman tasdiqladi. Loyihada ishtirok etish uchun 9-sinf bitiruvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan sinovdan o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Hujjatlarni topshirish jarayoni 2026-yilning 15-mayidan 4-iyuniga qadar davom etadi. Talabgorlar arizalarini my.gov.uz va ariza.piima.uz saytlari orqali onlayn tarzda yuborishlari mumkin. Saralash imtihoni esa 2-iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 1206 qisqa raqami yoki @piftuzbot telegram boti orqali murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangi o‘quv yili uchun respublikaning 14 ta hududi bo‘yicha jami 1500 ta o‘rin ajratilgan. Kvotalar taqsimotiga ko‘ra, eng ko‘p o‘rinlar Farg‘ona (150), Samarqand (140) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (140) hissasiga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahri uchun 56 ta, Toshkent viloyati uchun esa 120 ta kvota belgilangan.

Dasturning asosiy maqsadi yuqori salohiyatga ega yoshlarni saralab olish va ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bitiruvchilar uchun ajratilgan kvotalar hududlar kesimida aholi soni va ehtiyojdan kelib chiqib taqsimlangan.