So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

O‘zbekistonda 2000 ga yaqin kompaniya budjetdan trillionlab so‘m qarzdor bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda 2000 ga yaqin kompaniya budjetdan trillionlab so‘m qarzdor bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda 1973 ta kompaniya jami 3 trillion so‘m soliq qarzini to‘lamagan. Eng ko‘p qarzdorlik Toshkent shahri va ishlab chiqarish sohasida kuzatildi.

Davlat soliq qo‘mitasi mamlakatdagi yirik soliq qarzdorliklariga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha 1973 ta tashkilotning har biri 100 million so‘mdan ortiq miqdorda soliq bo‘yicha qarzdorlik to‘plagan. Ushbu korxonalarning jami qarzi qariyb 3 trillion so‘mga yetgan.

Qarzdorlik hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda — poytaxtdagi qurilish korxonalari budjetga 958,3 milliard so‘m to‘lamagan. Keyingi o‘rinlarni Andijon viloyati (666,1 milliard so‘m) va Toshkent viloyati (225,5 milliard so‘m) egallagan.

Alohida qayd etilishicha, ishlab chiqarish sohasidagi 845 ta tashkilotning soliq qarzi 671,6 milliard so‘mdan oshgan. Ushbu summaning chorak qismi (25,1 foizi) yoki 168,5 milliard so‘mi bor-yo‘g‘i 10 ta yirik korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish tarmog‘ida eng ko‘p qarzdorlik Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasida (181 milliard so‘m), shuningdek, Toshkent (71,2 milliard so‘m) va Farg‘ona (57,1 milliard so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.