O‘zbekistonda AEXda radiatsiyaviy avariya yuz berganda harakatlanish reglamenti tasdiqlandiJamiyatToshkentda uylarni noqonuniy ijaraga berish bo‘yicha ommaviy reydlar boshlandiJamiyatQozog‘iston chet elliklar uchun pullik kirish tartibini joriy etmoqdaDunyoO‘zbekiston va Hindiston vizasiz rejim joriy etadi va strategik sheriklikni kengaytiradiJamiyat1-sentabrdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?JamiyatMaktablarda an’anaviy baholar o‘rnini 100 ballik tizim egallaydiJamiyatAQShning yana uchta shahrida O‘zbekiston Mustaqillik kuni rasman bayram deb e’lon qilindiDunyoBiznes birinchi xatolik uchun jarima va takroriy tekshiruvlardan xalos etiladiIqtisodiyotO‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyat

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi ikki yilda 23 foizgacha kamaydi

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi ikki yilda 23 foizgacha kamaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 35 foizdan 23 foizga tushdi.

Maxsus va hududiy komissiyalar tashkil etilgani, soliq hamda bojxona tizimida xavflarni tahlil qilish joriy etilgani va qonunchilikdagi soliqdan qochish imkonini beruvchi tuynuklar bartaraf etilgani ushbu natijaga erishishda asosiy omil bo‘ldi.

Tizimli islohotlar samarasida davlat byudjetiga qo‘shimcha 38 trillion so‘m mablag‘ undirildi. Respublikada qonuniy ishlayotgan rasmiy band aholi soni 8,5 million nafardan oshdi, o‘rtacha rasmiy ish haqi esa qariyb 6,5 million so‘mga yetdi. Shunga qaramay, yashirin aylanma darajasi ayrim sohalarda hali ham yuqoriligicha qolmoqda. Statistik baholashlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qishloq xo‘jaligida 81,1 trillion so‘mni, savdo va xizmat ko‘rsatishda 24,5 trillion so‘mni, qurilishda 23,9 trillion so‘mni, sanoatda esa 6,7 trillion so‘mni tashkil etgan.

Ushbu holatni tubdan o‘zgartirish maqsadida hukumat oldiga yangi strategik vazifalar qo‘yildi. Unga ko‘ra, 2030-yilga qadar yashirin iqtisodiyot hajmini yana ikki barobar qisqartirish belgilandi. Shuningdek, kelgusi yillarda rasmiy sektordagi ishchilar sonini 14 millionga yetkazish hamda mamlakatdagi jami naqdsiz to‘lovlar ulushini 75 foizga oshirish rejalashtirilgan.