So‘nggi:
Kola, chips va tamaki sotuvidan tushgan mablag‘ saratonni davolashga yo‘naltiriladiSiyosatShavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladiJamiyatBoysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladiJamiyatToshkentning Yunusobod tumanida besh yoshli qizcha hojatxona chuqurligiga tushib ketdiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq harorat kutilmoqdaJamiyatLukashenko Rossiya elchisidan Belarusni urushga jalb etmaslikni so‘radiDunyoO‘zbekiston dunyo maoshlar reytingida 117-o‘rinni egalladiIqtisodiyotO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni baholashning yangi yagona metodikasi joriy etiladiJamiyatToshkentda qariyb 3 tonnaga yaqin musodara qilingan narkotik moddalar yoqib yuborildiJamiyatO‘zbekiston JCh pley-offiga chiqish imkoniyatini saqlash uchun DR Kongoni yirik hisobda yutishi shartJamiyat

O‘zbekistonda valyuta ayirboshlashda pasport talab qilinmaydigan chegara rasman kengaytirildi

O‘zbekistonda valyuta ayirboshlashda pasport talab qilinmaydigan chegara rasman kengaytirildi

O‘zbekistonda 500 dollargacha valyutani pasportsiz sotib olishga ruxsat berildi. Adliya vazirligi tegishli hujjatni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar bank kassa operatsiyalari vaqtida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatmasdan turib 500 AQSH dollarigacha miqdorda naqd valyuta sotib olish huquqiga ega bo‘ldilar.

Ilgari ushbu ko‘rsatkich atigi 100 dollar bilan cheklangan edi va bu holat kichik hajmdagi ayirboshlash operatsiyalari vaqtida ham qog‘ozbozlikka sabab bo‘lardi. Endilikda limitning besh baravarga oshirilishi aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratadi va banklarda xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi. Agar amalga oshiriladigan operatsiya miqdori 500 dollardan oshsa, amaldagi identifikatsiya qilish talablari o‘z kuchida qoladi va mijozdan hujjat taqdim etish so‘raladi.

Shuni inobatga olish kerakki, yangi belgilangan tartib hujjat rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab uch oy o‘tib amaliyotga joriy qilinadi. Ushbu o‘tish davri banklar uchun yangi qoidalarni o‘z dasturiy ta’minotiga kiritish va xodimlarni yangi tartib bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirish uchun zarur. Mutaxassislarning fikricha, bunday yengilliklar bank tizimidagi samaradorlikni oshirishga va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.