So‘nggi:
O‘zbekistonda noqonuniy kosmetika preparatlarini qo‘llaganlarda botulizm kasalligi aniqlandiJamiyatToshkentda notanish tunda uylarning eshik tutqichlarini tortib, kirishga urinib yurgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkinJamiyatKola, chips va tamaki sotuvidan tushgan mablag‘ saratonni davolashga yo‘naltiriladiSiyosatShavkat Mirziyoyev jurnalistlarni tabrikladiJamiyatBoysundagi gaz konida yuz bergan avariya 2027-yilning birinchi yarmida to‘liq bartaraf etiladiJamiyatToshkentning Yunusobod tumanida besh yoshli qizcha hojatxona chuqurligiga tushib ketdiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda anomal issiq harorat kutilmoqdaJamiyatLukashenko Rossiya elchisidan Belarusni urushga jalb etmaslikni so‘radiDunyoO‘zbekiston dunyo maoshlar reytingida 117-o‘rinni egalladiIqtisodiyot

O‘zbekistonda Kinematografiya komissiyasi va Badiiy kengash tugatilib, kino sohasi isloh qilinadi

O‘zbekistonda Kinematografiya komissiyasi va Badiiy kengash tugatilib, kino sohasi isloh qilinadi

O‘zbekistonda Kinematografiya komissiyasi hamda Badiiy kengash butunlay tugatiladi. Milliy kinoindustriyani tubdan isloh qilishga qaratilgan ushbu qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at arboblari bilan o‘tkazgan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Mazkur tuzilmalarning tugatilishiga ularning eskirgan boshqaruv uslublaridan voz kecha olmagani hamda samarasiz nazorat tizimi sabab qilib ko‘rsatilgan. Yangi islohotlar sohada ijodiy erkinlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Yangi ekspertiza tizimi va xorijiy investorlarga soliq imtiyozlari

Tarqatib yuborilgan kengashlar o‘rniga endilikda kinoning har bir janri va mavzusi bo‘yicha alohida haq to‘lanadigan ekspertlar guruhlari tuziladi. Ushbu guruhlar tarkibi O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi hamda Bastakorlar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislardan iborat bo‘ladi.

Shu bilan birga, 2026-yilning 1-sentabridan boshlab davlat buyurtmasi asosida tayyorlanadigan filmlarning umumiy budjetidan 30 foizgacha bo‘lgan qismi kartinani targ‘ib qilish va reklama kampaniyalariga yo‘naltiriladi. Oldi-sotdi shartnomalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazish talabi ham bekor qilinmoqda. Xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish maqsadida o‘zbek zaminida film suratga oladigan chet el kinokompaniyalari soliqlardan butunlay ozod etiladi.

“Oltin xumo” mukofotiga milliardlar va “O‘zbekfilm” xabi

Ijodkorlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi ham tubdan o‘zgaradi. Endilikda davlat buyurtmasi asosida suratga olingan filmlar namoyishidan tushgan mablag‘larning teng yarmi (50 foizi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri prodyuserlar va ijodiy jamoaga beriladi.

Kinoarboblar ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Oltin xumo” milliy kinomukofotining nufuzini oshirish maqsadida davlat budjetidan har yili 5 milliard so‘m ajratilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Mamlakatning bosh kinostudiyasi hisoblangan “O‘zbekfilm” kinokonserniga milliy maqom berilib, u mahalliy va xorijiy kinoindustriya vakillariga xizmat ko‘rsatadigan markaziy texnologik xabga aylantiriladi. Milliy filmlarimizni jahon bozoriga olib chiqish uchun yirik xalqaro striming platformalari va global kinotarmoqlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.