Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

O‘zbekistonda ijodkorlar va davlat xizmatchilari uchun yangi imtiyozlar joriy etilmoqda

O‘zbekistonda ijodkorlar va davlat xizmatchilari uchun yangi imtiyozlar joriy etilmoqda

Hukumat ijodkorlar uchun ijara va ipoteka to‘lovlarini qoplash, shuningdek, aholi uchun madaniy tadbirlarga bepul vaucherlar tizimini joriy etishni boshladi.

Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasi vakillarini ijtimoiy himoya qilish hamda aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator yangi imtiyozlar belgilandi. Yangi tartibga ko‘ra, ijodkorlarning turar joy masalalarini hal etish va ijtimoiy soha xodimlarini madaniy tadbirlarga jalb qilish davlat tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi.

Ijodkorlar uchun ijara va ipoteka imtiyozlari

Soha vakillarini uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida ijara to‘lovlarining bir qismini budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Hususan, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarga oyiga 2,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda ishlayotganlarga esa 1,6 mln so‘mgacha bo‘lgan ijara pullari to‘lab beriladi.

Bundan tashqari, ijodkorlarning o‘z uy-joyiga ega bo‘lishlari uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha ham alohida imtiyoz taqdim etiladi. Har yili 1000 nafar shoir, yozuvchi, rassom va boshqa ijod ahliga ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich to‘lovning 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi belgilandi.

Madaniy tadbirlar uchun bepul vaucherlar va konsertlar

Aholining madaniy saviyasini yuksaltirish maqsadida madaniy vaucherlar tizimi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, jami 500 ming nafar o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, o‘quvchi va talabalarga, shuningdek, 100 ming ehtiyojmand oilaga teatr, kino va konsert dasturlariga tashrif buyurish uchun bepul vaucherlar taqdim etiladi.

Shu bilan birga, joylarda madaniy muhitni jonlantirish maqsadida joriy yilning 1-iyulidan boshlab yangi tartib kuchga kiradi. Unga asosan, tuman va mahallalarda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari xarajatlarining 20 foizgacha bo‘lgan qismi davlat budjeti hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish