O‘zbekistonda 18 yoshgacha nikoh qurish tartibi kuchaytirilmoqdaJamiyatRaqobat qo‘mitasi reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini o‘rganmoqdaJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +25 darajagacha pasayadiJamiyatSukunatni buzganlik uchun jarimalar 8,8 mln so‘mgacha oshiriladiJamiyatMarkaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadiSiyosatElektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyat

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 uchun formasi eng yomonlar reytingiga kiritildi

O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 uchun formasi eng yomonlar reytingiga kiritildi

ESPN nashri jahon chempionati ishtirokchilarining liboslari reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasining oq rangli uy formasi 105 ta libos ichida 103-o‘rinni egalladi.

Dunyoga mashhur ESPN sport nashri turnir ishtirokchilarining 105 ta guruh va mehmondagi liboslar jamlanmasini tahlil qilib, o‘z reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (uy) formasi bor-yo‘g‘i 103-o‘rinni egallab, musobaqaning eng muvaffaqiyatsiz liboslari uchligidan joy oldi.

Ekspertlar 7Saber brendi tomonidan taqdim etilgan oq rangli ushbu libosni haddan tashqari oddiy ва zerikarli deb baholashgan. To‘plam minimal uslubda ishlangan bo‘lib, undagi milliy kashtachilik — so‘zana naqshlari va milliy to‘qimachilik san’ati elementlari JCH kabi nufuzli turnirda yorqin vizual obraz yaratish uchun yetarli bo‘lmagan.

Terma jamoamizning to‘q ko‘k rangli mehmondagi (safardagi) formasi esa nisbatan ijobiy baholanib, reytingning 84-pog‘onasidan joy oldi. Mutaxassislarning fikricha, milliy ornamentlar to‘q ko‘k fonda ancha jozibali va ko‘zga yaqinroq ko‘ringan.

ESPN talqiniga ko‘ra JCH-2026 ning eng chiroyli top-5 formasi qatoridan Urugvay, Yaponiya, Fransiya va Kyurasao jamoalarining safar liboslari hamda AQShning uy formasi joy oldi. Reytingning eng so‘nggi — 105-pog‘onasini esa dizayni o‘ta soddaligi uchun tanqid qilingan Qatar terma jamoasining mehmondagi formasi egalladi.

JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarining raqamli egizaklari yaratiladi.