Sport kurashlari bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati Bahrayndan Qozog‘istonga ko‘chirildi. Mezbonlik uchun O‘zbekiston ham da’vogarlik qilgan edi.
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi 2026-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish joyini o‘zgartirish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qildi. Dastlab ushbu nufuzli musobaqaga Bahrayn mezbonlik qilishi rejalashtirilgan edi, biroq Yaqin Sharqdagi beqaror geosiyosiy vaziyat va xalqaro parvozlar xavfsizligi bilan bog‘liq xatarlar tufayli turnirni boshqa hududga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Bo‘shab qolgan mezbonlik maqomi uchun Markaziy Osiyoning uchta davlati, xususan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘z da’vogarlik arizalarini taqdim etdi. Tashkilot ijroiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida eng ko‘p vizalarga ega bo‘lgan Ostona shahri minimal, ya’ni atigi bitta ovoz farqi bilan g‘olib chiqdi va musobaqani qabul qiladigan bo‘ldi.
Rasmiy bayonotda keltirilishicha, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi harbiy-siyosiy ziddiyatlar va uning atrofidagi noaniqliklar sportchilar hamda delegatsiyalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli ushbu qadam tashlangan. Kurash bo‘yicha dunyo birinchiligi joriy yilning 24-oktyabridan 1-noyabriga qadar Qozog‘iston poytaxtidagi eng yirik muz saroylaridan birida tashkil etiladi. Qo‘shni davlat muqaddam, xususan, 2019-yilda han xuddi shu sport majmuasida kurash bo‘yicha jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazgan va o‘shanda musobaqa doirasida mingga yaqin xalqaro sportchilar o‘zaro bellashgan edi.




