So‘nggi:
Dushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyatO‘zbekistonda 1-sinfga qabul muddati va tartibi e’lon qilindiJamiyatKongoda Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik Germaniyada kasallikni yengdiDunyoFarg‘onada bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladiJamiyatAndijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindiJamiyatToshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Movarounnahr ko‘chasiga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l ochildiJamiyatO‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdiJamiyatAQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdiDunyoO‘zbekistonda to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash qoidalari kuchaytirildiIqtisodiyotO‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladiSiyosat

Erondan kelayotgan zaharli bulut O‘zbekiston uchun xavf tug‘dirmaydi

Erondan kelayotgan zaharli bulut O‘zbekiston uchun xavf tug‘dirmaydi

Erondan kelayotgan zaharli bulut O‘zbekiston uchun xavf tug‘dirmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda Eron hududidagi yonilg‘i obyektlarida yuz bergan yong‘inlar oqibatida hosil bo‘lgan «kislotali bulutlar» Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududiga yetib kelishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

«O‘zgidromet» mutaxassislari ushbu ma’lumotlarni rad etib, ular ilmiy asosga ega emasligini ma’lum qildi.

Meteorologlar bunday zaharli moddalar O‘zbekiston hududiga yetib kelish ehtimoli juda pastligini quyidagi fizik jarayonlar bilan izohlamoqda:

  • Moddalarning tarqalishi Havo massalari minglab kilometr masofaga ko‘chib o‘tganda, zararli moddalarning konsentratsiyasi keskin kamayadi. Atmosfera turbulentligi va havoning vertikal harakati natijasida ifloslantiruvchi zarralar havfsiz darajagacha suyulib ketadi.

  • Yog‘ingarchilikning lokal xususiyati Yomg‘ir bulutlari muayyan hududdagi suv bug‘lari va aerozol zarralaridan shakllanadi. Zaharli moddalarga boy bulut minglab kilometr masofani o‘z tuzilishini saqlagan holda bosib o‘tishi ilmiy jihatdan imkonsiz.

  • Kislotali yomg‘irlarning tabiati Bunday yomg‘irlar odatda sanoat hududlarida, chiqindi manbalariga yaqin joyda hosil bo‘ladi. Masofa uzoqlashgan sari kimyoviy reaksiyalar susayadi.

«O‘zgidromet» doimiy ravishda havo sifatini monitoring qilib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida havo tarkibida hech qanday xavfli kimyoviy o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Mutaxassislar aholi va ommaviy axborot vositalarini faqat rasmiy manbalarga tayanib, asossiz vahima tarqatmaslikka chaqirdi. Meteorologik vaziyat nazorat ostida va me’yorda qolmoqda.