So‘nggi:
Rossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyatToshkentda «Evropa Plyus O‘zbekiston» radiosi Oriat FM o‘rnida ish boshladiJamiyatG7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da berdiDunyo

Ehtiyojmand oilalarga svet va gaz uchun kompensatsiya miqdori oshiriladi

Ehtiyojmand oilalarga svet va gaz uchun kompensatsiya miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz uchun to‘lanadigan kompensatsiya pullari miqdori ko‘paytiriladi. Murojaat tartibi e’lon qilindi.

Milliy ijtimoiy himoya agentligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 1-iyunidan energetika resurslari uchun yangi tariflar joriy etilishi munosabati bilan kam ta’minlangan xonadonlarga beriladigan davlat yordami puli ham ko‘paytiriladi. Amaldagi tartibga muvofiq, muhtoj oilalarga har oy belgilangan ijtimoiy me’yordan ortiqcha iste’mol qilingan energiya uchun qoplama mablag‘lari to‘lab kelinadi. Bunda elektr energiyasi bo‘yicha asosiy me’yordan tashqari yana 150 kVt·sh gacha, tabiiy gaz bo‘yicha esa qishki isitish mavsumida qo‘shimcha 250 kubometrgacha, yilning boshqa davrlarida esa 150 kubometrgacha bo‘lgan hajm uchun davlat tomonidan kompensatsiya ajratiladi.

Yangi kiritilayotgan tartibga muvofiq, elektr energiyasi uchun to‘lanadigan eng yuqori kompensatsiya miqdori 30 000 so‘mdan 37 500 so‘mga oshiriladi. Tabiiy gaz bo‘yicha esa qishki isitish oylarida beriladigan yordam puli 200 000 so‘mdan 225 000 so‘mga, boshqa fasllardagi iste’mol uchun esa 120 000 so‘mdan 135 000 so‘mga ko‘tariladi. Ushbu ijtimoiy ko‘makni rasmiylashtirish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘zlari yashayotgan mahalladagi ijtimoiy xodimga, hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamli aloqa markaziga murojaat qilishlari lozim.