Toshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosat

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, biroq yakshanba kuniga borib havo isib ketadi. O‘zgidromet chang-to‘zonlar va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir hamda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +28…+33 daraja, janubda esa +34…+36 darajagacha issiq bo‘ladi.

6–7-iyun kunlari mamlakatning katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida (6-iyun) va Qoraqalpog‘istonda (7-iyun) ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Yakshanba kuniga borib kunduzgi harorat +34…+37 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Shimolda 7-iyun kuni shamol tezligi 20–22 m/s gacha yetishi ehtimoli bor. Tog‘li hududlarda sel-suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.

Poytaxtda ob-havo Toshkentda juma kuni tushdan keyin qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, harorat +30…+32 daraja bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shanba kuni harorat +32…+34, yakshanba kuni esa +34…+36 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 10–12 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar hosil qilishi mumkin.