So‘nggi:
O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlar top-10 taligiga kirdiJamiyat“Chinor” metro bekati rekonstruksiya sababli ikki oyga yopiladiJamiyatNika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandiJamiyatToshkentda kanalda oqib ketayotgan qizni qutqargan temiryo‘lchi pul mukofoti bilan taqdirlandiJamiyatAQSh vizasi uchun 750 dollar evaziga tezkor suhbat xizmati yo‘lga qo‘yilishi mumkinDunyoGuliston tumanida chiyabori to‘rt kishiga hujum qildiJamiyatO‘zbekistonda ish joyidagi tegajog‘lik va siyosiy qarashlar uchun kamsitish taqiqlanadiJamiyatO‘zbekistonda qonunlardagi “svetofor”, “avans” va “parol” kabi atamalar o‘zbekcha muqobillariga almashtiriladiJamiyatO‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladiJamiyat

Buxoroda kuchli tungi zilziladan keyin yana yer qimirladi

Buxoroda kuchli tungi zilziladan keyin yana yer qimirladi

Qorako‘l tumanidagi 5,3 magnitudali kuchli tungi zilziladan so‘ng Buxoro viloyatining Jondor tumanida yana yer qimirladi va Gazlida 2 ball bo‘lib sezildi.

Buxoro viloyatida ketma-ket ikki kundan buyon seysmik faollik kuzatilmoqda. Respublika seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, er osti silkinishlar seriyasi 20-mayga o‘tar kechasi soat 01:40 da Qorako‘l tumanida 5,3 magnitudali kuchli zilzila bilan boshlangan edi. O‘shanda 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan tungi tebranishlar mamlakatning bir nechta hududlarida sezildi. Xususan, Buxoro viloyatida zilzila kuchi 2–3 ballni, Navoiy viloyatida esa 2 ballni tashkil etgan edi.

Ushbu kuchli zarbadan so‘ng viloyat hududida yana yer qimirlashi qayd etildi. Navbatdagi yer silkinishi 21-may kuni soat 12:29 da Jondor tumanida yuz berdi. Bu safar zilzila kuchi episentrda 3,4 magnitudaga teng bo‘lib, uning asoratlari Gazli shahrida 2 ball darajasida yana sezilgan. Mutaxassislar Jondor tumanidagi bugungi tebranishlarni Qorako‘ldagi kechagi kuchli zilziladan keyingi tabiiy baquvvat silkinishlar (aftershoklar) ekanini aytishmoqda. Episatrlardan 520 kilometrdan ortiq masofada joylashgan Toshkent shahrida tebranishlar umuman sezilmadi.