So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Buxoroda qizlarga Telegram’da shilqimlik qilgan yigit ma’muriy qamoq va jarimaga tortildi

Buxoroda qizlarga Telegram’da shilqimlik qilgan yigit ma’muriy qamoq va jarimaga tortildi

Vobkent tumanima ikki qizga pornografik suratlar yuborgan va shahvoniy shilqimlik qilgan 18 yoshli yigit sudlandi. Unga jarima va qamoq jazosi berilib, telefoni musodara qilindi.

Aniqlanishicha, 2008-yilda tug‘ilgan SH.T. joriy yilning 14-may kuni N. va H. ismli qizlarga Telegram orqali qo‘ng‘iroq qilib, shahvoniy mazmunda gaplashgan, shilqimlik qilgan hamda turli pornografik materiallar va o‘zining intim suratlarini yuborgan. Sud majlisi davomida huquqbuzar o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan va jabrlanuvchi qizlardan kechirim so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tuman sudi qaroriga ko‘ra, SH.T. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (shahvoniy shilqimlik qilish) va 189-moddasi (pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan aybdor deb topildi.

Sud huquqbuzarga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq hamda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ya’ni 20 million 600 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinladi. Shuningdek, uning Samsung A5 rusumli uyali telefoni davlat foydasiga musodara qilindi.