So‘nggi:
Moskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosatO‘zbekiston JCH-2026dagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga imkoniyatni boy berdiSportTerma jamoaning JCHdagi o‘yini kuni davlat tashkilotlarida ish soat 10:00 dan boshlanadiJamiyatFrank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldiJamiyatTop-500 OTM bitiruvchilariga NNTlarda ishlaganlik uchun 15 BRVgacha ustama to‘lanadiJamiyat

Bu yilgi yozda O‘zbekistonda havo harorati 47° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Bu yilgi yozda O‘zbekistonda havo harorati 47° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yozda havo harorati me’yordan yuqori bo‘lib, ayrim hududlarda 47°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Sinoptiklar buni El-Ninyo hodisasi bilan bog‘lashmoqda.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilgi yoz faslida o‘rtacha havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yorlardan yuqori bo‘lishi kutilmoqda, shuningdek, anomal issiqlik davrlari kuzatilishi ehtimoli juda yuqori. Iyun oyining oxiriga qadar tungi vaqtlarda havo harorati 18–23°C atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa dastlab 29–34°C dan keyinchalik 34–39°C gacha ko‘tarilib boradi. Respublika shimoli, janubiy hududlari hamda cho‘l zonalarida esa ayrim kunlari issiqlik ko‘rsatkichlari 40–42°C ga yetadi.

Yoz pallasining ayni qizigan davrida, ya’ni iyul va avgust oylarida asosiy hududlarda havo harorati 42–44°C gacha qizishi mumkin. Cho‘l hududlarida, shimoliy va janubiy viloyatlarning ayrim joylarida esa issiqlik darajasi 45–47°C li ekstremal qiymatlarga yaqinlashishi prognoz qilinmoqda. Amerika iqlimiy prognozlar markazi taqdim etgan global ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning may oyida Tinch okeanida El Ninyo tabiat hodisasi belgilari rasman paydo bo‘lgan, bu esa butun dunyoda, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida ham yoz faslining har qachongidagidan ko‘ra issiqroq kelishi haqidagi taxminlarni yanada kuchaytiradi.