«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyat

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tilidan 75 foiz ball beriladi

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tilidan 75 foiz ball beriladi

O‘zbekistonda chet tili fani mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda xorijiy til bo‘yicha B1 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi.

Mazkur qaror bilan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatiga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu tartib dastlab Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi qarorida nazarda tutilgan bo‘lib, endilikda vazirliklararo qo‘shma qaror bilan rasman tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, tizimda yana bir qator yangiliklar joriy etilmoqda:

  • TOEFL iBT muvofiqligi: Ingliz tilidan beriladigan xalqaro TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi endi 1–6 ballik tizim bo‘yicha hisoblanadi.

  • O‘qituvchilar ustamasi va sertifikat muddati: Pedagog xodimlarga oylik ustama to‘lashda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qilish muddati qat’iy hisobga olinadi.

  • Kasbiy ta’lim pedagoglari: Kasbiy ta’lim tashkilotlarida maxsus fanlarni xorijiy tilda o‘qitadigan o‘qituvchilarning lavozim maoshiga nisbatan milliy va xalqaro B2 sertifikati uchun 50 foiz, C1 sertifikati uchun esa 100 foiz miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi.

  • SAT va boshqa fanlar: Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari Digital SAT sertifikatining matematika bo‘limidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama olish huquqiga ega bo‘ladi. Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilariga esa B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uchun ustama belgilanadi.