So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev Boku sammitida Xalqaro aqlli shaharlar alyansini tuzishni taklif qildiSiyosatRossiyaga vizasiz kirishda RuID ilovasidan foydalanish majburiy etib belgilanadiJamiyatGuanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotga chaqmoq tegdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida qatnashdiSiyosatEldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildiSportYil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq turist keldiJamiyatEkskavatorga yashirilgan 600 kg ga yaqin narkotikni O‘zbekistonga olib kirishga urinishdiJamiyatKonor Makgregor to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng UFC sahnalariga qaytmoqdaSportBugun O‘zbekistonni chang bo‘roni va kuchli shamol bosishi kutilmoqdaJamiyatRobert Levandovski mavsum yakunlangach Barselonani tark etishini ma’lum qildiSport

Aksilkorrupsiyasi agentligi O‘zbekistondagi o‘rtacha korrupsioner portretini e’lon qildi

Aksilkorrupsiyasi agentligi O‘zbekistondagi o‘rtacha korrupsioner portretini e’lon qildi

O‘zbekistonda odatiy korrupsioner kim? Aksilkorrupsiya agentligi tizimni yaxshi tushunadigan, oliy ma’lumotli, oilali va rahbar erkaklarning kriminologik portretini tuzdi.

O‘zbekistonda ushbu turdagi jinoyatlarga qo‘l urayotgan o‘rtacha tipik shaxs — muqaddam sudlanmagan, oliy ma’lumotli, oilali va rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lgan 31 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan erkak rahbarlardir. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda respublikada har yili o‘rtacha 7 ming kishi korrupsiyaviy qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgan. Bunda eng ko‘p uchraydigan holat davlat mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish bo‘lib, u umumiy jinoyatlarning 33 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Bu har yili o‘rtacha 2,5 mingdan ortiq ichki o‘g‘rilik holatlari yuz berayotganidan dalolat beradi.

Tadqiqotda jinoyatchilarning ma’lumoti va ijtimoiy holati bilan bog‘liq kutilmagan faktlar ochiqlandi. Mamlakatdagi umumiy jinoyatlarda oliy ma’lumotlilar ulushi chorak qismni ham tashkil etmasada, korrupsiya yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 70 foizdan oshadi. Jinoyat sodir etganlarning qariyb 95 foizi oilali ekani esa tizim korrupsiyani qashshoqlik emas, balki imkoniyat va vakolat suiste’moli sifatida ko‘rish kerakligini anglatadi. Gender jihatidan qonunbuzarlarning 85 foizini erkaklar tashkil etadi, ayollar ishtirokidagi holatlarning qariyb yarmi esa ta’lim va tibbiyot sohalariga to‘g‘ri keladi. Vaziyatni o‘zgartirish uchun mamlakatda yangi nazorat mexanizmlari joriy etilmoqda. Xususan, tashkil etilgan virtual akademiya orqali 2025-yil va 2026-yilning boshida 69 ming nafarga yaqin davlat xizmatchisi qayta tayyorlovdan o‘tkazildi. Endilikda hokimlik va hukumat a’zoligiga nomzoдlar korrupsiyaga qarshi shaxsiy rejalari bilan hisobot berishadi.